AQSh prezidenti Donald Tramp “bo‘ron oldidan sokinlik” deganda Shimoliy Koreyani nazarda tutganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tramp 5-oktabr kuni AQSh harbiy rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng “bo‘ron oldidan sokinlik haqida” gapirgan, biroq bunga izoh berishdan bosh tortgandi.
AQSh prezidenti Fox News telekanaliga bergan intervyusida KXDRni nazarda tutganini ochiqladi.
“Biz bu davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Buning imkoni yo‘q”, — dedi Tramp Pxenyan yadro va raketa dasturini ko‘zda tutib.
Izoh (0)