Peru harbiy-dengiz flotining An-32 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagi chegarasidan tashqariga chiqib ketdi va politsiya uchastkasiga borib urildi. Bu haqda mahalliy El Comercio gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Nashrning ma’lum qilishicha, avariya Xunin departamentidagi Masamari aeroportida yuz bergan. Havo kemasi bortida 40 nafarga yaqin harbiy bo‘lgan, avariya oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning tormozi nosoz bo‘lgan.
Izoh (0)