Business Insider nashri AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning oilasi sotib olishni rejalashtirayotgan hashamatli xonadon suratlarini namoyish etdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Xabarlarga ko‘ra, Obamani Karl Shers bog‘i ro‘parasida joylashgan Greysi Skverdagi uyning 15-qavatida payqab qolishgan.
Bino 1930-yilda qurilgan bo‘lib, hozirga qadar Nyu-Yorkdagi eng obro‘li va hashamatli binolardan biri sanaladi.
Uy yaqinida Markaziy bog‘ hamda Ist-River suv havzasi joylashgan.
AQSh sobiq prezidenti sotib olmoqchi bo‘lgan xonadon ikki darajali bo‘lib, uning narxi 10 million dollarga teng. Kvartirada beshta yotoqxona va to‘rtta vanna mavjud.
Izoh (0)