Las-Vegasda olomonni o‘qqa tutgan Stiven Peddok o‘z qurol-yarog‘larini 20 yil davomida to‘plagan, deb yozadi “RBK” AQSh huquq-tartibot organlarining ismini oshkor qilishni istamagan xodimiga tayanib. U Peddok bu vaqt ichida aynan nechta qurol sotib olgani va ularni nima qilganiga aniqlik kiritmadi.
Las-Vegas politsiyasi, o‘z navbatida, Peddok otishma olib borgan mehmonxona xonasida, uning Meskitdagi uyida va Nevadadagi u bilan bog‘liq yana bir binoda 47 dona qurol topilganini ma’lum qildi. Mehmonxonadan topilgan 12 dona qurolga ularning tez otish darajasini avtomat darajasigacha oshiradigan maxsus qurilmalar o‘rnatilgan
Soyli miltiq (vintovka), sochma o‘qli ov miltig‘i va to‘pponchalarni Peddok Nevada, Yuta, Kaliforniya va Texas shtatlarida sotib olgan.
Izoh (0)