Ford Motor xarajatlarni 14 milliard dollarga qisqartirish va ayrim avtomobillar modellarini ishlab chiqishdan voz kechishni niyatida, deya xabar beradi “Kommersant”.
Kompaniyaning yangi bosh direktori Jim Xekett asosiy e’tiborni krossoverlar, yo‘ltanlamaslar, yuk avtomobillari, elektromobillar va haydovchisiz mashinalarga qaratishni rejalashtirmoqda.
Kelgusi 5 yil mobaynida Ford materiallarga xarajatlarni 10, muhandislikka 4 milliard dollarga qisqartiradi. Biroq Ranger pikapi va Bronco yo‘ltanlamasi modellarini ishga tushirishni moliyalashtirish ko‘paytiriladi.
Shuningdek, kompaniya yengil mashinalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan 7 milliard dollarni yo‘ltanlamas va yuk mashinlariga yo‘naltirish niyatida. Qolaversa, birikish, qo‘shib olish va qo‘shma korxonalarda faol ishtirok etishni mo‘ljallamoqda.
Izoh (0)