Eronda islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi IShID jangarilari uyushtirishni rejalashtirgan teraktning oldini oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Operatsiya Sharxiyor shaharchasida o‘tkazildi. Korpus mahalliy bo‘linmalari qo‘mondoni Amin Yaminiyning so‘zlariga qaraganda, terrorchilar yetakchisi hibsga olingan. Hujumni kelasi haftada amalga oshirish rejalashtirilgan edi.
Qo‘lga olingan jangari avval Suriyada jang qilgan. Unga diniy bayram chog‘ida o‘z-o‘zini portlatishi kerak bo‘lgan 300 kishini to‘plash vazifasi yuklatilgan. Fitnachi mobil telefon orqali so‘zlashuvlari eshitilishi tufayli qo‘lga tushdi. O‘zlarini IShID a’zolari deb tanishtirgan korpus jangchilari uchrashuv belgiladi va uni hibsga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)