Uch yil avval “Antarktida-100” ekspeditsiyasi doirasida Qur’onning nusxasi uning ishtirokchilariga berilgan edi, natijada birinchi marta Antarktidada musulmonlarning muqaddas kitobi paydo bo‘ldi va azon aytildi. Bir yil o‘tgach, qutb ekspeditsiyasida tadqiqotchilarga hamrohlik qilgan Qur’on Islom madaniyati muzeyiga topshirildi, deb yozadi “Islam-today.ru”.
17-avgust kuni Qozondagi Kremlda Qur’onni Aleksey Leonov nomidagi Rus geografiya jamiyati ilmiy-tadqiqot suv osti otryadi a’zosi Rustam Gilmutdinovga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Muqaddas qo‘lyozma u bilan birga Makkaga yo‘l oladi. Aynan shu kitob 2014-yilda Antarktidadagi Rossiyaning “Bellinsgauzen” qutb stansiyasida bo‘lib qaytgan edi.
Izoh (0)