Misrlik mansabdor poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlarini borib ko‘rish vaqtida vafot etdi

Misrlik mansabdor shaxs Iskandariya shahrida yuz bergan ikki poyezd to‘qnashuvi qurbonlarini ko‘rgach vafot etdi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.

Foto: ITV

Xabar qilinishicha, bu temir yo‘llar bo‘yicha Misr transport vazirining o‘rinbosari  Mustafo al-Sayyid bo‘lgan.

Erkak hodisa qurbonlarini borib ko‘rgan vaqtda unda yurak xuruji yuz bergan. Ta‘kidlanishicha, mansabdor kasalxonaga yetkazilgan, biroq komaga tushgan, keyin esa vafot etgan.

11-avgust kuni Iskandariya shahrida ikkita poyezd to‘qnashib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 49 kishi halok bo‘lgan, 123 kishi jabrlangan.

Misr prokuraturasi halokat yuzasidan tergov olib bormoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdlarning to‘qnashuviga mashinistlardan biri aybdor bo‘lgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing