Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik Azamat Abduraimov Jahon termasi safida maydonga tushish uchun taklif etildi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

5—6-avgust kunlari Qozog‘istonning Astana shahri EKSPO—2017 faxriylar turniriga mezbonlik qiladi. Unda mezbonlardan tashqari Rossiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya termalari ishtirok etadi. Shuningdek, jahon futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlaridan iborat yana bir jamoa bo‘ladi.

Azamat Abduraimov Qozog‘istondagi turnirda jahon yulduzlari qatorida to‘p suradi. U bilan birgalikda mashhur futbolchilardan Gaiska Mendyeta, Ernan Krespo, Muhsin Muhammadiyev, Aleksandr Shovkovskiy, Jan-Pyer Papen, Yari Litmanen, Vinsen Kandela kabilar ham Astanaga taklifnoma olgan.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

EKSPO—2017 faxriylar turniri Moskvadagi “Afsonalar kubogi” tomonidan tashkil etilayotgani aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi