Toshkentning “Obod” klubi yopiladi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Bu haqda avvaldan xabarlar bor bo‘lsa-da, futbolchilar rahbariyatning chiqishini kutayotgan edi. Kuni kecha rahbariyat futbolchilarni yig‘ib majlis o‘tkazgan va jamoa faoliyati tugatilayotgani e’lon qilingan.
Shundan so‘ng futbolchilar o‘zlari uchun yangi jamoa izlashga tushib ketdi. Ayni paytda yetakchi hujumchi Shohruz Norxonov “Bunyodkor” bilan mashg‘ulot olib borayotgan bo‘lsa, jamoa sardori Doniyor Hasanov “Metallurg” bilan kelishib qo‘ygani aytilgan.
2016-yil O‘zbekiston Oliy ligasida debyut qilgan “Obod” katta futbolga katta maqsadlar bilan kirib kelgandi. Elitadagi ikkinchi mavsumidayoq u taqdirga tan bermoqda. Ayni paytda jamoa 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Bunga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Obod”ni qo‘lga kiritish borasida muzokara o‘tkazgani aytilgandi. Uning yakuni nima bilan tugagani va “Obod” ikkinchi davrada qanday ko‘rinishda bo‘lishi, uning birinchi davradagi natijalari bekor qilinishi yoki yo‘qligi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)