Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tgan Jeff Xorn hamda Menni Pakyao o‘rtasidagi jang natijasiga statistika bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar katta shubha bilan qarayotganini ko‘rish mumkin.
12 raundli jang yakunida uch nafar hakam bir ovozdan mezbon bokschining g‘alabasini e’tirof etgandi. Jangdan so‘ng esa statistika Pakyaoning foydasiga ekani aniq bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, filippinlik bokschi raqibidan 90 ta ko‘proq aniq zarba berishga muvaffaq bo‘lgan. Pakyaoning ko‘rsatkichlari 182 tani tashkil qildi. Bu zarbalarning 32 foizi aniq bo‘lganini bildiradi. Xornda esa ko‘rsatkich 92 ta (15 foiz).
Faqatgina aniq bo‘lib qolmay, raqibni esankiratishi mumkin bo‘lgan zarbalar sonida ham ustunlik Pakyao tomonida: 123 taga 73 ta. Shunga qaramay, uch nafar hakam baribir Jeff Xorn g‘alabasini ta’minlab bergan, deb yozdi “Chempionat”.
Men uni to‘qqiz raundda nokaut qilishni istagandim, ammo qutulib qoldi. Hatto o‘sha to‘qqizinchi raundda ham g‘alabamga ishongandim.Jangdan so‘ng Menni Pakyao revansh uchun ringga chiqish niyatida ekanini yashirmadi. Bu borada u avstraliyalik boskchini o‘z vatani Filippinga chorlamoqda.
Izoh (0)