Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Qatardan mamlakat moliyaviy muassasalari hisob raqamlarida bo‘lgan bank depozitlarini qaytarishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al-Youm Al-Sabia nashri manbalariga ko‘ra, mazkur davlatlar Dohaga Qatar banklaridagi qisqa muddatli omonatlarini qaytarish talabi bilan murojaat etdi. Gap 16 milliard dollar haqida ketayotganligi bildirilmoqda.
Qatar bozorida shundoq ham AQSh valyutasi tanqisligi kuzatilmoqda. Amirlikning yirik banklari jismoniy va yuridik shaxslar ularga ixtiyorlaridagi dollarlarni sotishni rag‘batlantirishga qaratilgan uslublarini qo‘llay boshlagani ma’lum qilindi.
Izoh (0)