• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    O‘zbekistonlik xonandalar o‘z klipini YouTube’ga joylashtirish uchun endi “O‘zbekkonsert”dan ruxsat olishi kerak

    Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda 1-iyuldan boshlab o‘zbekistonliklar xonandalar YouTube videoxizmatiga o‘z kliplarini joylashtirish uchun “O‘zbekkonsert” (sobiq “O‘zbeknavo”) davlat muassasasidan ruxsat olishi zarurligi haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad davlat muassasasi Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘landi.

    Odiljon Abduqahhorov.

    Odiljon Abduqahhorov.
    Foto: “Daryo”

    — Xonandalar endi o‘z videomahsulotlarini YouTube’ga joylashtirish uchun ham “O‘zbekkonsert”dan ruxsat olishi kerakmi?— San’atkorlarning litsenziya bitimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xonanda klip chiqardimi yoki klip chiqarmoqchimi — muassasa qoshida tashkil qilingan kengashdan o‘tadi va kengash xulosasiga asosan uning klipi teleekranlarda va YouTube tarmog‘ida e’lon qilinaveradi. Bu ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini oladi.

    — Tushunishimcha, xonandalarni ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgan masala o‘z yechimini topibdi, ya’ni endi xonanda biror klipini efirga bermoqchi bo‘lsa, har bitta telekanaldan alohida ruxsat olmaydi — yagona badiiy kengash bor, shundaymi?— Yo‘q, bu yagona badiiy kengash emas. Ko‘pgina holatlarda xonandalar tomonidan efirga berilgan kliplarning saviyasizligi, bachkanaligi va ma’naviyatimizga xizmat qilmagani sabab “O‘zbekkonsert” tomonidan efirdan olingan. Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan ma’qul, degan naqlga amal qilib, endi YouTube yo telekanallarga chiqariladigan klip badiiy kengashdan o‘tishi kerak. Bu xonanda uchun yengillik tug‘diradi — vaqt, mablag‘ sarflab klip olgandan keyin, uning klipi efirdan va YouTube’dan olib tashlash holatlari bo‘lmaydi.

    — Demak, hozircha yagona badiiy kengash tuzilmagan va bu masalada “O‘zbekkonsert” telekanallar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagan?— Yagona badiiy kengash tuzilganicha yo‘q. Ammo bu yo‘lda harakatlar ketmoqda. O‘ylashimcha, bu telekanallarimiz uchun ham yaxshi bo‘ladi. Ular ortiqcha vaqt sarflab, har bir xonandaning klipini alohida ko‘rib chiqishdan xalos bo‘ladi. Kengashning o‘zidayoq klip qaysi telekanalga berilishi mumkinligi haqida tavsiyalar taqdim etilishi ham mumkin.

    — U holda, “O‘zbekkonsert”ning yangi tartibi faqat YouTube uchun amal qilar ekanda?— Bu yerda gap kliplarning umuman efirga chiqishi haqida bormoqda. Badiiy kengashning xulosasidan so‘ng, xonanda klipini televideniyega olib boradimi yoki YouTube’ga joylaydimi — o‘ziga havola.

    — “O‘zbekkonsert”ning badiiy kengashidan o‘tgan klipga telekanallar ruxsat bermasa, xonanda nima qiladi?— Har bir telekanalning o‘z yo‘nalishi, formati bor. “O‘zbekkonsert”ning badiiy kengashidan o‘tgan kliplar, umid qilamanki, telekanallarning badiiy kengashidan ham o‘tadi. Chunki bizning badiiy kengashda ham zamonaviy, ham milliy jihatlarni juda yaxshi tushunadigan, tosh-tarozini teng olib boradigan a’zolar bor.

    — Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekkonsert” bachkana va sayoz deb topgan qo‘shiqlarni telekanal efirlaridan olib tashlash masalasida telekanallarga murojaat qilgan. Bunda gap Dilfuza Hayitmetovaning, Sardor Mamadaliyevning “Mamatip”, Otabek Mutalxo‘jayevning “Bombey” qo‘shiqlariga ishlangan kliplar haqida bormoqda. Bu kliplar endi YouTube’dan ham olib tashlanadimi?— 1-iyuldan keyin “O‘zbekkonsert”ning badiiy kengashidan o‘tmay telekanallarga berilgan va YouTube’ga chiqarilgan kliplar to‘xtatiladi. Siz sanab o‘tgan kliplar faqatgina telekanallar efiridan olindi. YouTube’dan olinmaganini sababi — o‘sha vaqtda hali bunaqa tartib yo‘q edi. Yangi tartib, ta’kidlaganimdek, 1-iyuldan kuchga kiradi.

    24.06.2017, 08:50   Izoh (0)   12963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oti yulduzimsan”. Umidaxonning nomi imloviy xato bilan yozilgan ilk albomi taqdim etildi

    23.06.2017, 18:36

    Aktyor Yigitali Rayhon bilan ajrashganidan so‘ng nima uchun Rossiyaga ketib qolgani haqida gapirdi

    22.06.2017, 19:02

    Ozoda Nursaidova yangi imidj va yangi qo‘shiqlar bilan san’atga qaytmoqda

    22.06.2017, 18:14

    Lil Wayne Mayamidagi akulalar akvariumiga ega villasini 10 mln dollarga sotdi

    22.06.2017, 12:15

    Yigitali Mamajonov: Hali to‘yimiz bo‘lgani yo‘q

    21.06.2017, 15:49

    Yigitali Mamajonov chimkentlik qizga uylandimi?

    21.06.2017, 14:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.