O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 50 ming va 20 ming so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda bank matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Yaqin vaqt ichida 50 ming yoki 20 ming so‘mlik yangi banknotlarning muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlar — ko‘chaning gapi. Bizda bunday ma’lumot yo‘q”, — dedi bank matbuot xizmati vakili.Bir muddat avval xorijiy internet-nashrlar “ishonchli va vakolatli manbalarga asoslanib”, O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 50 ming va 20 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqida xabar bergan edi.
Qayd etish joiz, aprel oyida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Markaziy bank vakili Shohrux Shoahmedov yaqin kelajakda yangi banknotlarni muomalaga chiqarish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)