Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sochi shahrida mashinalardan birining videoregistratori yurib ketayotgan avtomobil yukxonasidan qizaloq tushib qolganini qayd qildi. Voqea aks etgan video YouTube’da e’lon qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, bola yo‘ltanlamasdan yo‘lning qatnov qismiga tushib ketgan. So‘ng u o‘rnidan turib yig‘lagan, mashina esa voqea joyidan ketgan. Ortdan kelayotgan mashinadan erkak va ayol chiqib, qizga yordam bergan.

Aytilishicha, Volvo mashinasini boshqarib ketayotgan ayol yukxonada ikki bolani olib ketayotgan edi. Ikki bola ham yukxonadan tushib qolgan. Videoga tushib qolgan uch yashar qizaloq jarohat olib, tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Boshqa bola jarohatlanmadi.

Bolalarning onasi Sochi politsiyasi tomonidan 3 ming rubl jarimaga tortildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi