Suriya hukumat qo‘shinlari va ularga ittifoqdosh kuchlar Xoms viloyatida IShID qurol-yarog‘ omborlarini egalladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hukumat qo‘shinlari va ularga ittifoqdosh kuchlar Xoms viloyati sharqiga hujum davomida AQShda ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘lardan iborat omborlarni o‘z nazoratiga oldi”, — deya ma’lum qildi agentlik manbasi.
Ma’lumot uchun, Suriya armiyasi Xoms viloyati sharqida operatsiya boshlanganidan beri terrorchilardan maydoni ming kvadrat kilometrdan oshiq hududni ozod qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)