KXDR G7 ga kiruvchi davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasini rad etadi. Unda Pxenyanning yadro-raketa dasturi muhokama qilinadi. KXDR TIV vakilining mazkur bayonotini Rodong Sinmun gazetasi chop etdi, deb yozadi “TASS”.
Diplomatning fikricha, Italiyaning Taormina shahrida bo‘lib o‘tgan “yettilik”ning ikki kunlik sammitida kam rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, uning xohishiga bo‘ysunishni istamayotgan davlatlarga bosim o‘tkazish usullari muhokama qilingan.
Shu munosabat bilan Pxenyan Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari KXDRni tiyib turishning yadroviy kuchlaridan mahrum qilishga umid qilayotgan bo‘lsa yanglishayotganini ta’kidladi.
“G7 tomonidan bosimga javoban Pxenyan xalq respublikasi suvereniteti va xavfsizligi himoyasini ta’minlash uchun yadroviy salohiyatini modernizatsiya qilishda davom etadi”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)