Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” oromgohida “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining XVI Respublika anjumani o‘z ishini yakunladi. Bu haqda “Daryo”ga anjuman matbuot xizmati vakili Hojiakbar Pattayev ma’lum qildi.
Yopilish marosimida “Bunyodkor” YTK ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan “Anjuman 2017” nomli videofilm namoyish etildi. Anjuman doirasida o‘tkazilgan Respublika tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi.
Jumladan, “Yil sardori” tanlovida 1-o‘rinni Qarshi shahar “Kamalak” sardori Marjona Jo‘raqulova egalladi. “Eng namunali hududiy sardorlar kengashi” sifatida Farg‘ona viloyati sardorlar kengashi e’tirof etildi. “Eng namunali ‘Kamalak’ bolalar tashkiloti” tanlovida g‘oliblik Pop tumani bolalar tashkilotiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Anjumanning ko‘tarinki tarzda va saviyali tashkil etishda munosib hissa qo‘shgan hamkor tashkilot vakillari va Qashqadaryo viloyat hokimligiga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Izoh (0)