Bugun, 24-may kuni Litvaga Norvegiya kontingentining harbiy va ma’muriy texnikasi yetib keladi. Ular NATO batalyoni jangovar guruhi tarkibida xizmat qiladi. Bu haqda BNS agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Oltmishga yaqin texnika, jumladan, Leopard tanklari, CV 90 quruqlikdagi qo‘shinlar jangovar mashinalari, turli modifikatsiyadagi BTR M113, jangovar va yengil transport vositalari yetkazilishi kutilmoqda.
Norvegiya harbiy texnikasi dengiz orqali Klaypeda portiga yetkaziladi. Norvegiya kontingentining birinchi guruhi allaqachon Litvaga yetib kelgan. Norvegiya armiyasining butun kontingenti Litvaga may oyida yetib kelishi rejalashtirilmoqda.
NATO batalyoni tarkibida 200 ga yaqin norvegiyalik harbiy xizmat qiladi.
Hozirgi paytda NATOning Litvadagi batalyoni jangovar guruhi tarkibida 450 dan ortiq germaniyalik, yuz nafar belgiyalik, 250 nafar gollandiyalik harbiy bor.
Izoh (0)