Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida uning mamlakatiga IShID terrorchilari bilan kurashda zamonaviy qurol zarurligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Duterte Manilani qurol bilan ta’minlashda Moskvaning ko‘magiga umid qilmoqda. U Moskvaning ko‘magiga erishish va “do‘stlikni mustahkamlash” maqsadida kelganini aytdi.
O‘z navbatida Putin Filippindagi nizolar minimal talafotlar bilan bartaraf etilishiga umid bildirdi. U, shuningdek, Moskva va Manila o‘rtasida iqtisodiy va harbiy hamkorlik istiqbollari borligini aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)