Apple 2016-yilda 215 mlrd dollarga sotilgan mahsulotlar hisobidan o‘z qimmatli qog‘ozlar portfelini 246 mlrd dollarga yetkazdi. Forbes shu natijadan kelib chiqib, Apple’ni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kirituvchi eng yirik fond, deb topdi.
Kompaniya o‘z portfelining yarmidan ko‘prog‘i, ya’ni 148 mlrd dollarni korporativ obligatsiyalarni investitsiyalash uchun yo‘naltirdi. Bu ko‘rsatgich bilan u eng yirik fond hisoblanadigan Vanguard Total’ni ortda qoldirdi.
Izoh (0)