Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bugun, 10-may kuni ertalab harakat vaqtida tramvayning ichida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda transport vositasi ichida 10 kishi bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqishi bilan tramvay to‘xtadi, uning ichidagi barcha yo‘lovchilar chiqishga ulgurdi. Tramvayni boshqargan ayol kuyish jarohatini oldi.
Alanga bir necha daqiqa ichida butun salonni qamrab oldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in elektr simlardagi qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 8 kishi va 2 ta ot o‘chirish texnikasi jalb etildi.
Izoh (0)