2017-yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Parlament assambleyasi raisi Kristin Muttonen boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot davomida O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda 7-fevralda qabul qilingan 2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish nuqtayi nazaridan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralarda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor ishtirok etdi.
Izoh (0)