O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 28-aprel, juma kuni “Armiya — yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan Matbuot va axborot agentligi, Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mudofaa vazirligi, Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Televideniye, radio, internet, bosma OAV va fotojurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovda harbiy vatanparvarlik mavzusida faoliyat olib borayotgan 100 ga yaqin jurnalist 1000 dan ortiq ijodiy ish bilan ishtirok etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)