Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Yaponiya oshxonasi restoranlaridan birida otishma bilan bog‘liq mojaro sodir bo‘ldi. Bu haqda “Moskva” agentligiga asoslanib, “Kommersant.uz” xabar bermoqda.
“Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan restoranning 28 yoshli bosh oshpazi va 26 yoshli tashrifchi o‘rtasida sanitariya normalari borasida mojaro kelib chiqdi. Erkaklar ko‘chaga chiqqanida oshpaz pnevmatik pistoletdan tashrifchiga qarata o‘q uzdi. Yigit oshpazga tegishli Audi A6 yuk xonasiga sakrab ketdi va u yerdan tushib ketdi”, – deyiladi xabarda.
Restoran tashrifchisi bir qancha jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Bosh oshpazga nisbatan bezorilik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)