Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Apple kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun NASA muhandislarini jalb qiladi. Bu fakt Apple avtomobil bozorining bu sohasida raqobatchilardan ortda qolayotganini va hozirgi vaqtda bu sohani yaxshilashga harakat qilayotganini bildiradi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Gazetaning ma’lumotlariga ko‘ra, korporatsiya AQSh hukumatini olti nafar mutaxassisni, shu jumladan, NASA’ning robototexnik-muhandislarini yollayotgani haqida xabardor qilgan.

14-aprelda Kaliforniya shtatining transport departamenti Apple haydovchisiz avtomobillar sinovini o‘tkazish huquqiga ega kompaniyalar qatoriga kiritilganini ma’lum qildi. Bu ro‘yxatga Volkswagen Group of America, Mercedes-Benz, Google, Tesla, Nissan, BMW, Honda, Ford kiradi. Bu kompaniyalar sinov vaqtida YTH yuz bersa, hodisa haqida departamentga 10 ish kuni ichida xabar berishi kerak.

Mart oyining oxirida NASA AQShda haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni takomillashtirish bo‘yicha loyihaga qo‘shilishini rasman e’lon qilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘ldagi holatni tahlil qila oladigan va haydovchi ishtirokisiz harakatlana oladigan ishonchli va xavfsiz transport vositasini ishlab chiqish hisoblanadi.

Gazetaning xabar berishicha, Apple dastlab yarim mustaqil avtomobillar yaratishni rejalashtirgan. Kompaniyaning rejalari bosqichma-bosqich o‘zgargan hamda haydovchini uning barmoq izlari orqali taniydigan va tugmani bosish orqali harakatga tushirilib, yo‘lovchilarni mustaqil ravishda o‘z manziliga olib bora oladigan to‘liq mustaqil avtomobil yaratishga qaror qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi