O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Azamat Pardayev hamda tuman Kengashi deputatlari Pastdarg‘om tumanining “Quqoni”, “Jag‘alboyli”, “Qorovultepa”, “Qorag‘uppa” MFY hududidagi aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hududdagi 20-umumta’lim maktabning fasad qismidagi deraza romlari eskirganligi, mavjud sport zalining nostandart, hashar yo‘li bilan qurilganligi sababli rekonstruksiya qilishga muhtojligi kuzatildi. 43-MTM binolari ham kapital ta’mir holatiga kelib qolganligi, mebel va yumshoq jihozlar bilan ta’minlanish ehtiyoji mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalalarning yechimi yuzasidan Davlat Dasturiga kiritish yuzasidan takliflar berish ko‘zda tutildi.
“Jag‘alboyli” MFYda tashkil etilgan “O‘zbekiston yo‘lbarslari” boks klubida shug‘ullanayotgan 50 dan ortiq yosh sportchi faoliyati ham deputat A.Pardayev tomonidan o‘rganildi. Klub murabbiyi Baxtiyor Abdurahmonov bir yil davomida maosh olmasdan xizmat qilayotganligi va klub faoliyat yuritishi uchun tegishli tashkilotlarda rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi. Natijada klub murabbiyi Baxtiyor Abdurahmonov Pastdarg‘om tumani 1-son BO‘SMga ishga joylashtirildi va klub hujjatlari rasmiylashtirilib olindi.
Deputatlar tumandagi boshqa mahallalarga ham tashrif buyurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar olib bormoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)