British Airways aviakompaniyasi pasport nazorati o‘rniga shaxsni biometrik aniqlash tizimini joriy etadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
The Daily Telegraph nashriga ko‘ra, kompaniya Londondagi Xitrou aeroportining 5-terminalidagi uchta zonani maxsus hisoblash qurilmalari bilan jihozlashga ulgurgan. Kelgusi oyda yana 33 ta zonaga qurilmalar o‘rnatiladi.
Mazkur texnologiya avvaliga ichki reyslardagi yo‘lovchilar uchun qo‘llanadi, keyinchalik esa xalqaro parvozlarga ham tatbiq etilishi kutilmoqda.
British Airways vakillari pasport nazoratidan voz kechish xatolarning oldini oladi va yo‘lovchilarni reysga chiqarish chog‘ida vaqtni tejashga imkon beradi, deb hisoblamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)