KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chon Nam Malayziyada o‘ldirib ketildi. Bu haqda, Janubiy Koreya hukumatidagi manbaga tayanib, Yonhap agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Chosun telekanalining ma’lum qilishicha, Kim Chon Nam Malayziya aeroportida o‘ldirib ketilgan. Unga ikki ayol hujum qilgan, ular “zaharlangan igna”lardan foydalangan.
Jinoyatchilar voqea joyidan yashiringanligi ma’lum qilinmoqda. Malayziya qotillik ortida Shimoliy Koreyaning o‘zi turganligini taxmin qilmoqda.
Malayziya politsiyasi Reuters agentligiga shimoliy koreyalik shaxsi noma’lum erkak Kuala-Lumpur aeroportidan shifoxonagacha bo‘lgan yo‘lda vafot etganligini ma’lum qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)