• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda “Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar” mavzuidagi Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi

    31-yanvar kuni Toshkentda “Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiylashuvidagi yangi yo‘nalishlar” mavzuidagi Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

    Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

    Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

    Ijtimoiy inklyuziya — ma’lum bir guruhning jamiyatga uyg‘unlashuvi tushunchasini anglatadi. Mazkur tushuncha imkoniyati cheklangan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan ularga o‘zga bolalar qatorida jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun sharoit yaratib berish hamda ularning tashqi muhit bilan uyg‘unlashuvi va ijtimoiylashuvi jarayonida to‘g‘anoq bo‘luvchi vaziyatlarni oldini olish va hal etish ma’nosida qo‘llaniladi.

    Xalqaro konferensiya bolalar ijtimoiy inklyuziyasi sohasidagi o‘zbekistonlik va chet ellik mutaxassislar orasida muloqot va malaka almashinuviga yaxshi imkoniyat yaratib beradi.

    Konferensiya natijalari imkoniyati cheklangan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ijtimoiy integratsiyasi tizimini takomillashtirishga katta hissa qo‘shadi deb umid qilaman.

    Lola Karimova-Tillayeva, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi

    Konferensiya doirasida umumiy va seksiya yig‘ilishlari, davra suhbatlari, poster taqdimotlar va master klasslar bo‘lib o‘tadi. Ularda xalqaro ekspertlar tomonidan pedagoglar, tibbiyot xodimlari, psixologlar, huquqshunoslar, ijtimoiy soha vakillari va huquqni himoya qilish organlari vakillari uchun xatar guruhidagi bolalar bilan ishlash, ularni himoya qilish, ushbu bolalarning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishi borasidagi zamonaviy metodikalar xususida so‘zlab beriladi.

    Xalqaro konferensiya “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Mehnat vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati, shuningdek, YuNISEF va YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari, “Kamolot” YoIH ko‘magida tashkil etilmoqda.

    Konferensiya ishida 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy mutaxassis, jumladan, O‘zbekistonning vazirlik va idoralari, YuNISEF, YuNESKO, BMTning Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatik korpus, shuningdek, Belarus, Germaniya, Isroil, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlardan ekspertlar ishtirok etadi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    30.01.2017, 14:50   Izoh (0)   5545
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi jamoasiga tabrik yo‘lladi

    30.01.2017, 14:08

    Davlat bojxona qo‘mitasi chetga chiquvchi o‘zbekistonliklarni Belarus, Rossiya va Qozog‘istonga nos olib kirish taqiqlangani haqida ogohlantirdi

    30.01.2017, 12:46

    Orolbo‘yi aholisi uchun imtiyozli temir yo‘l va aviachiptalar joriy etiladi

    30.01.2017, 12:26

    O‘zbekistonda “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashkil etiladi

    30.01.2017, 12:23

    Bahrom Shokirov Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori etib tayinlandi

    30.01.2017, 10:48

    “Mustaqil O‘zbekiston asoschisi”: Islom Karimov haqida hujjatli film (video)

    30.01.2017, 10:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.