Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, iqtidorli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova shifoxonaga tushdi. Bu haqda aktrisaning qiziga tayanib, “Qalampir.uz” xabar berdi.

Foto: “Qalampir.uz”

Foto: “Qalampir.uz”

Ma’lumotlarga qaraganda, Xoliqova 22-yanvar kuni tobi qochgani bois Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning tashxisiga ko‘ra, Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan kechirgan va zudlik bilan shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Muqaddas Xoliqova 2013-yilda ham yurak xurujiga chalingan edi. Davo choralari ko‘rilgach, aktrisa yana ishiga qaytdi. O‘zbek milliy akademik drama teatrining ko‘zga ko‘ringan aktrisalaridan sanalgan Muqaddas Xoliqovaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi