Toshkentda 23—25-yanvar kunlari Isroil hujjatli filmlari kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.
23-yanvardan 25-yanvarga qadar har kuni 18:00 da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda Isroil hujjatli filmlari namoyish etiladi.
Toshkent aholisi va mehmonlari “Axmoqona orzu”, “61-albom” va “Fotonovella” kabi hujjatli filmlarni tomosha qilishi mumkin.
Filmlardan tashqari, tomoshabinlar “Bolalar adabiyotida suratlarning rivojlanish tarixi” ko‘rgazmasi bilan tanishishi mumkin. Kirish bepul.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)