Amerikalik reperlar Kanye Uest va Jey Zi yarashib oldi va qo‘shma musiqiy loyiha ustida ish boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kuni NME ma’lum qildi.
Artistlarga yaqin manba yangi material mislsiz bo‘lishini ma’lum qildi. “Kanye o‘ziga kela boshladi. O‘tgan yili u boshdan kechirganlarni hisobga olganda ba’zi yangi treklar hayratga soladigan darajada ajoyib bo‘ladi. Uning ustozi va ‘katta akasi’ Jey Zining e’tiborli g‘amxo‘rligi tufayli bu buyuk asar bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
2016-yilning oktabrida Uest asab buzilishi va shifoxonaga yotqizilishidan avval Jey Zi va uning rafiqasi Beyonsega ta’na yog‘dirgan edi. Uest rafiqasi Kim Kardashyanga Parijda o‘g‘rilar hujum qilganda do‘sti uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, reper sahnada turib Jey Zi uni o‘ldirish uchun killer yollaganligini bildirdi.
Kanye Uest prodyusser sifatida Jey Zi bilan ko‘p marta hamkorlik qilgan. 2011-yilda Uest va Jey Watch The Trone deb nomlangan qo‘shma albomini chiqargan. Ikkala artist ham Forbes talqiniga ko‘ra, eng boy reperlar o‘nligiga kiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)