“Barselona” rahbariyati jamoa direktori Pere Gratakosni klub hujumchisi Lionel Messini tanqid qilganligi uchun ishdan bo‘shatdi, deya xabar bermoqda “iSport.ua”.
Gratakos o‘zining intervyularidan birida “Barselona” faqat Messidan iborat emasligini aytib o‘tgan.
“Barselona” — bu faqat Messi degani emas. Neymar, Suares, Inyesta va boshqa futbolchilarsiz Messi bunday yuqori darajaga erisha olmasdi.Pere Gratakos, “Barselona” sobiq direktori
The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi rahbariyati Gratakosni “klub qiziqishlariga to‘g‘ri kelmaydigan fikr bildirish” bandi bilan ayblab, uni direktorlik lavozimidan ozod qildi.
Sobiq amaldorning “Barselona”dan ketishiga argentinalik futbolchi ta’sir o‘tkazgan-o‘tkazmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)