Britaniyalik astronomlar aniqlagan HAT-P-7 b ekzosayyorasi atmosferasida bulutlar korunddan hosil bo‘lishi ma’lum qilindi. Korund mineralining boshqa ko‘rinishlari qizil va ko‘kish yoqutlar hisoblanadi. Nature Astronomy jurnalida chop etilgan tadqiqotning qisqacha mazmunini EurekAlert xabar qildi.
“HAT-P-7 b suv ko‘tarilishi fazasidagi sayyoradir — u o‘z yulduziga har doim bir tarafi bilan qarab turadi. Bizningcha, bulutlar sayyoraning sovuq tungi tomonida hosil bo‘lib, qaynoq kunduzgi tomonida bug‘lanadi”, — ta’kidladi yetakchi muallif Devid Armstrong.
HAT-P-7 b samoviy jismi Quyosh tizimidan chetdagi kuchli shamollar kuzatilgan birinchi gaz giganti bo‘lib chiqdi. Kashfiyot Kepler kosmik teleskopi yordamida amalga oshirildi.
Izoh (0)