Dolce & Gabbana modalar uyi vakillari Germaniyaning Philipp Plein markasini xodimlarni olib ketib qolishda aybladi. Bu ayblovlar ilgari surilgan maktubni modelyer Filipp Pleyn Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.
Maktubda aytilishicha, Philipp Plein International xodimlari Dolce & Gabbana butiki ishchilari bilan aloqaga chiqib, ularga o‘z kompaniyasiga o‘tishni taklif qilgan.
“Bu erkin mamlakat, har kim qayerda, kimning qo‘lida ishlashini o‘zi belgilashi mumkin”, — deb izoh berdi bunga Pleynning o‘zi.
Philipp Plein brendiga Pleyn tomonidan 1998-yilda asos solingan. Uning do‘konlari dunyoning 60 mamlakatida, jumladan, Monako, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Ozarbayjon va Janubiy Koreyada ishlaydi.
Izoh (0)