Kapsulali mehmonxonalar Yaponiyada ancha avvalroq haqiqiy trendga aylanib ulgurgan, deb yozadi Travel Ask. Ular bitta vestibyulni birlashtiruvchi mitti yacheykalardan iborat. Yacheykalar shunchalik kichikki, unda odam o‘rnidan turib, qaddini rostlay olmaydi ham. Buning ustiga, u yerda na deraza, na eshik bor, mehmonxona mehmonlarini esa yupqa to‘siqlar va pardalar ajratib turadi, xolos. Shunga qaramay, yacheykalar qulaylik darajasiga qarab, bir-biridan farqlanadi.
Fotosuratchi Von Kim bunday kichik xonada odamlar qanday yashashini ko‘rsatib berishga qaror qildi. U buni Tokiodagi kichik mehmonxona misolida ko‘rsatib berdi. Shunisi qiziqki, ijarachilarni suratga tushirish va suratlarni chop etish uchun, fotosuratchi ular bilan 15 daqiqalik massaj orqali “hisob-kitob qildi”.
Izoh (0)