Suriyaning Xoms viloyatida mamlakat Harbiy-havo kuchlarining MiG-23 qiruchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 10-dekabr kuni viloyatning sharqidagi Tifor aerodromi yaqinida yuz bergan. Halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
Harbiy samolyotni boshqarayotgan uchuvchi tirik qolgan va jiddiy jarohatlar olmagan. Manbalarning ma’lum qilishicha, hozirda uning hayoti xavf ostida emas.
Qiruvchi samolyotning halokatiga IShID terrorchilik tashkilotining aloqador ekanligi rad etildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)