9-dekabr kuni Rossiyada, Kurgan–Tyumen trassasida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari mast holdagi o‘smir traktor haydab ketayotganini aniqladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Transport vositasi inspektorlar diqqatini avtoyo‘lning 165-kilometrida tortdi. Haydovchi ulardan traktorda qochishga urindi. Buning asnosida teskari harakat yo‘liga chiqib ketdi, shuningdek, patrul mashinasini yo‘ldan chiqarib yuborishga urindi.
Buning natijasida inspektorlar traktorning g‘ildiraklariga o‘q uzishga majbur bo‘ldi. Traktor o‘rmon massiviga kirib ketib, to‘xtadi. Haydovchi ushlandi.
Kurganning Chimeyevo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 17 yoshli o‘smir mast holda Chyornaya rechka qishlog‘idan traktorni o‘g‘irlab ketgani aniqlandi.
Izoh (0)