Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumda saylovchilarning uchdan biridan ko‘proq qismi ovoz berib bo‘ldi. Shu tariqa, referendum bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Qonunchilikka muvofiq, referendum amalga oshgan deb hisoblanishi uchun saylovchilarning 30 foizdan ko‘prog‘i unda ishtirok etishi lozim. O‘z navbatida, referendumda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘prog‘i o‘zgartishlarni yoqlab chiqsa, ular mamlakatning asosiy qonunchiligiga kiritiladi.
Taklif etilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, prezidentning vakolatlari kamaytiriladi, parlament va bosh vazirning vakolatlari esa, aksincha, kengaytiriladi. Shuningdek, sud va huquq-tartibot tizimlari isloh etiladi.
Izoh (0)