• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yaponiya va Pokiston rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrikladi

    4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Qutlovlar matnini O‘zA keltirdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Janobi Oliylari!

    Siz, Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

    Bugungi kungacha Siz Janobi Oliylari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri sifatida mamlakatning ichki siyosatini boshqarib keldingiz. Janobi Oliylari, Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston yanada jadal taraqqiyotga erishadi, bu o‘z navbatida butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqarorligi va farovonligiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi.

    Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ikki tomonlama aloqalarimiz do‘stlik va o‘zaro qulaylik muhitida davom etmoqda. O‘zbekistonga o‘tgan yilgi tashrifim davomida Siz Janobi Oliylari meni samimiy kutib olganingiz va butun tashrif davomida hamrohlik qilganingiz men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Yapon harbiylari mangu qo‘nim topgan maskanni ziyorat qilish, Navoiy nomidagi teatrga tashrif, xotira konsertida ishtirok etish tashrifimni juda boyitdi va shaxsan menda unutilmas taassurot qoldirdi. Shu munosabat bilan Sizga yana bir bor samimiy minnatdorligimni izhor etishga ruxsat bergaysiz. Siz Janobi Oliylari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish tarafdoriman. Bundan tashqari, biz “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida butun Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz.

    Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik tilab qolaman.

    Samimiy ehtirom bilan,

    Sindzo Abe,Yaponiya Bosh vaziri

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Janobi Oliylari!

    Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman.

    Sizning ishonchli g‘alabangiz O‘zbekiston xalqi rahbarlik qobiliyatingizga qat’iy ishonchidan dalolatdir. Bu Sizning uzoqni ko‘zlagan rahbarligingizda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda erishgan ulkan yutuqlarning e’tirofidir.

    Pokiston va O‘zbekistonni qardoshlik va do‘stlik munosabatlari bog‘lab turadi. Mamlakatlarimiz ko‘p yillar davomida keng doiradagi masalalar bo‘yicha o‘zaro aloqalarning yuksak darajasiga erishgan. Ishonamanki, yaqin va samimiy munosabatlarimiz xalqlarimiz va mamlakatlarimiz manfaatlari va farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlanib boraveradi.

    Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va ulkan zafarlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, rivojlanish va farovonlik tilayman.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Mamnun HusaynPokiston Islom Respublikasi Prezidenti

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident Janoblari!

    Polsha xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

    Polsha O‘zbekistonda, shu jumladan, keyingi oylarda Sizning rahbarligingizda iqtisodiyotni va jamiyatni isloh etish borasida amalga oshirilgan ishlarni hurmat bilan qayd etadi. Janob Prezident, Sizga O‘zbekistonda barqarorlik va xavfsizlikni yanada mustahkamlash va aholi hayot darajasini yuksaltirishdagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

    Polsha o‘zaro hamkorligimizni yanada mustahkamlashdan manfaatdor. Shu munosabat bilan 2017-yilda Polsha – O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tishi hamda ushbu majlis o‘zaro iqtisodiy munosabatlarimizning holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishiga umid qilaman.

    Sizga joriy yil 9-noyabrda yo‘llagan maktubingiz va oliy darajadagi tashriflar almashish to‘g‘risidagi taklifingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Janob Prezident, O‘zbekiston Respublikasi va uning xalqi farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va mustahkam sog‘lik tilagan samimiy istaklarimni qabul qilgaysiz.

    Hurmat bilan,

    Andjey Duda,Polsha Respublikasi Prezidenti

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi g‘alabangiz bilan chin dildan muborakbod etaman. Siz erishgan muvaffaqiyat O‘zbekiston xalqining mamlakatdagi tinchlik, farovonlik va taraqqiyot yo‘lini izchil davom ettirishga qat’iy qaroridan dalolatdir.

    Armaniston — O‘zbekiston o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarga yanada jadal sur’at bag‘ishlashdan Armaniston manfaatdor ekanini tasdiqlayman. Ishonamanki, o‘zaro aloqalarimiz salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish xalqlarimiz va mamlakatlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

    Siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida Sizni, muhtaram Shavkat Miromonovich, Armaniston Respublikasiga rasmiy tashrif buyurishingizni taklif etaman.

    Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga yuksak davlat lavozimidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.

    Ehtirom bilan,

    Serj Sargsyan,Armaniston Respublikasi Prezidenti

    Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

    Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi — doktor Abdulla Abdulla

    Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining o‘rinbosari — Ilyas Umaxanov

    Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi — Leonid Slutskiy

    “Rossiyskiye jelezniye dorogi” OAJ prezidenti, MDHga a’zo davlatlar Temir yo‘l transporti bo‘yicha kengashi raisi — Oleg Belozerov

    Yevropa Parlamenti deputati — Xerbert Dorfmann

    Nagoya universiteti prezidenti — Seichi Matsuo

    “Lukoyl” neft-gaz kompaniyasi prezidenti — Vagit Alekperov

    “Boing — fuqarolik samolyotlari” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori, “Boing” korporatsiyasi vitse-prezidenti — Reymond Konner

    Umumiy kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi bosh kotibi — Vladimir Shcherbakov

    “Klaas” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi — Katrina Klaas Myulxoyzer

    “Klaas” kompaniyasi boshqaruvi a’zosi — Yan-Xendrik Mor

    “Mir” davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi — Radik Batirshin

    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    10.12.2016, 18:51   Izoh (0)   14857
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SMEG sovg‘alar mavsumi boshlandi

    10.12.2016, 14:57

    London ta’limini olganlardan 8 ballik IELTS sistema, 8 davlat va 80 universitet bilan muvaffaqiyatli 2017-yil

    10.12.2016, 14:35

    UMS kompaniyasi chiroyli raqamlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi

    10.12.2016, 13:04

    O‘zbeklar uchun haqoratli deb topilgan “Eshak” reklamasi, Instagram’da “millioner”ga aylangan Shahzoda, Qoratoshdagi “chegirma tirbandligi” va kunning boshqa qiziq...

    09.12.2016, 20:04

    Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining virtual qabulxonasi ish boshladi

    09.12.2016, 15:25

    Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi ikki davlatning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi haqida maqola yozdi

    09.12.2016, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.