Madridning “Real” jamoasi mag‘lubiyatsiz uchrashuvlar seriyasini 34 taga yetkazib, klub rekordini takrorladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
“Qirollik klubi” YChL 6-turida “Borussiya D” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini 34 taga yetkazib oldi. Oxirgi marta “Real” 2016-yilning 6-aprel kuni, “Volfsburg”ga qarshi (0:2) YChLning 2015/16-yilgi mavsumining chorak final ilk o‘yinida mag‘lubiyatga uchragandi.
“Real”ning 34 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi 1989-yilda, Leo Benxakker murabbiyligi ostida qayd etilgandi. Zinedin Zidan bosh murabbiyligi ostidagi jamoa ushbu rekordni takrorladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)