Shu yilning 2–4-dekabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidagi Grand Slam Tokyo turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Musobaqada 41 mamlakatdan 286 sportchi ishtirok etdi. Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 9 nafar yosh dzyudochi (7 erkak va 2 qiz) himoya qildi.
O‘zbekiston termasiga yagona medalni G‘iyos Boboyev olib keldi. -73 kilogramm vaznda ishtirok etgan G‘iyos Boboyev 23 sportchi orasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)