Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi 29-noyabrga o‘tar kechasi Kolumbiyada aviahalokatga uchragan “Shapekoense” jamoasi yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmatining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Twitter / @360RadioCo

Foto: Twitter / @360RadioCo

“‘Paxtakor’ klubi ‘Shapekoense’ jamosining halokatga uchrashidan chuqur afsusda. Ibodatlarimiz jamoa a’zolari va oilalari bilan birga”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kolumbiyada bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot halokatga uchragani, uning ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyadagi aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi