Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Sergey Karyakin o‘rtasida Nyu-Yorkda o‘tkazilayotgan bellashuv shunga o‘xshash avvalgi musobaqalarning barcha rekordlarini yangiladi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov “Interfaks”ga ma’lum qildi.
“Karlsen–Karyakin o‘rtasidagi har bir partiyani 217 mamlakat va hudud vakillari kuzatib bormoqda. Bu haqiqiy rekord”, – dedi Ilyumjinov.
FIDE prezidentining aytishicha, Karlsen–Karyakin o‘rtasidagi partiyalar translyatsiya qilinadigan saytga 3 million nafardan ortiq kishi kiradi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Sergey Karyakin jahon chempionligi uchun da’vogar sanaladi. Norvegiyalik 26 yoshli Magnus Karlsen esa amaldagi jahon chempioni. 12 partiyadan iborat bahslarda g‘olib nomi aniqlanmadi. O‘zaro o‘yinlarda 6:6 hisobi qayd etildi.
Jahon chempioni nomini aniqlash uchun 30-noyabr kuni tay-breyk o‘tkaziladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)