O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova Surxondaryoning Denov tumanida katta ko‘pkari uyushtirgani haqida “Darakchi” xonandaning matbuot kotibiga asoslanib ma’lum qildi.
Ko‘pkari Hosila Rahimovaning o‘g‘li Muhammadmirzoning sunnat to‘yi hamda qizi E’tiborxonning unashtiruv marosimi sharafiga tashkil qilingan. Kun davomida qor yog‘ib turgan bo‘lsa-da, ko‘pkari ertalab 9 dan kechki 7 ga qadar davom etgan.
Hosila Rahimovaning “Bos-bos qamchi bos” taronasi bilan ochilgan ko‘pkarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning turli burchaklaridan chavandozlar tashrif buyurgan. Chunki mukofot sifatida 20 ta tuya, 20 ta ot, 30 ta qo‘y va 40 ta echki o‘ynalgan.
Izoh (0)