Rossiyaning “Rostov” klubi sharafini himoya qilayotgan eronlik futbolchi Sardor Azmun o‘zini Lionel Messiga qiyoslaydiganlarni tushunmasligi haqida aytdi. Bu haqda “Championat.asia” “R-Sport” nashriga asoslanib xabar berdi.
“Meni eronlik Messi deb chaqirishlarini yoqtirmayman. O‘yin uslubimiz umuman o‘xshash emas, shuning uchun ham Messiga qiyoslaganlarni tushunmayman”, — deb aytib o‘tgan Azmun.
“O‘zimni kim bilan solishtiraman? Zlatan Ibrahimovich bilan! To‘g‘ri, hozir u kabi o‘ynamayman. Ammo shuni istayman. U jentelmen ekaniga ishonaman. Eronda Ali Daini, undan tashqarida esa Zlatanni afzal bilaman”.
Ma’lumot uchun, Sardor Azmun bilan “Liverpul” futbol klubi qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Chempionlar Ligasining joriy mavsumida u “Atletiko” va “Bavariya” klublari darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)