Fransiyalik balandlikka chiquvchi, “O‘rgimchak-odam” laqabi bilan mashhur Alen Rober Barselona shahridagi Agbar nomli osmono‘par binoga chiqdi. Bu haqda, El Periodico nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Rober hech qanday yordam va ehtiyot vositalarisiz binoni zabt etdi. Balandlikka chiquvchi 2006 va 2007-yillarda ham mazkur binoga chiqqandi.
38 qavatli Agbar binosi Kataloniyada eng balandi hisobnaladi. Uning balandligi 145 metrni tashkil etadi.
54 yoshli Alen Rober o‘z natijalari tufayli Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Faoliyati davomida fransiyalik “o‘rgimchak odam” 130 ga yaqin osmono‘par binolarga, jumladan, BAAdagi Burj Khalifa, Nyu-Yorkdagi Empire State Building, Parijdagi Eyfel minorasi, Kuala-Lumpurdagi Petronas, Moskvadagi Milliy davlat universiteti binosi va boshqa inshootlarga chiqqan.
Avvalroq Rober jurnalistlarga 65–70 yoshiga qadar turli binolarni zabt etishi haqida ma’lum qilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)