25-noyabr kuni 10:00 da “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” binosida “O‘zbekiston Respublikasining ‘Temiryo‘l transporti to‘g‘risida’gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Qonunga kiritiladigan tuzatishlar temiryo‘l transporti faoliyati va u bilan bog‘liq xizmatlar sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, uning ushbu sohadagi xalqaro kelishuvlar bilan uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
O‘zgartirishlar davlat boshqaruvining temiryo‘l transporti sohasidagi samaradorligini oshirishga, temiryo‘l transporti va u bilan bog‘liq xizmatlar sohasida raqobatning rivojlanishi va investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatining o‘sishiga xizmat qilishi kerak.
Izoh (0)