Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Qozon shahridagi tennis akademiyasida Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turniriga qur’a tashlash marosimining tayyorgarlik jarayoni bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Raqqoslar marosim vaqtida bo‘lib o‘tadigan chiqishlarni repetitsiya qildi. Marosimda musobaqaning rasmiy to‘pi – “Krasava”dan foydalaniladi. Shuningdek, JCh–2018 timsoli – bo‘ri Zabivaka ham qur’a tashlash marosimida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, tayyorgarlik jarayonida teleboshlovchi Andrey Malaxov, Braziliya termasi safida Konfederatsiyalar Kubogining ikki karra sohibi Julio Baptista, JCh–2018 elchisi Yelena Isinbayeva va Rossiya termasining sobiq futbolchisi Sergey Semak qatnashdi.

Tashkilotchilarning qayd etishicha, repetitsiya rejaga ko‘ra muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turniriga qur’a tashlash marosimi 26-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?